Xabarga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan IIB bilan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Andijon shahar uy-joy fondlarini boshqarish, davlat orderi va maʼlumotnomalar berish markazi DUKning g‘aznachi ish yurituvchisi M.Sh. fuqaro M.ga Andijon shahrida yangi qurilayotgan arzon uy-joylardan birini sotib olishini vaʼda qilgan.
Shuningdek, u subsidiya mablag‘i ajratilishida ham tanishlari orqali yordam berish evaziga 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda sug‘urta polisi mablag‘larini o‘zlashtirgan shaxs hamda Namanganda fuqaroga imtiyoz asosida uy olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlangani haqida xabar berilgandi.


