1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot / 
  4. AQSH Rossiya va G‘arb bilan teng savdo aloqasi bor davlatlarga bosimni kuchaytirmoqchi

07:14 / 24.02.2023

671

AQSH Rossiya va G‘arb bilan teng savdo aloqasi bor davlatlarga bosimni kuchaytirmoqchi

AQSH Rossiya va G‘arb bilan teng savdo aloqasi bor davlatlarga bosimni kuchaytirmoqchi

Ekspertlar sanksiyalar Amerika tashqi siyosatining asosi ga aylanganini taʼkidlashmoqda.

 

AQSH administratsiyasi Rossiya va G‘arb bilan savdo aloqalarini davom ettirish orqali “har ikki lagerda qolayotgan” davlatlarga bosimni kuchaytiradi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.

 

Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, bosim birinchi navbatda ushbu davlatlarda joylashgan va AQSH bilan aloqalarga ega kompaniyalarga yo‘naltiriladi. O‘tgan haftada Oq uy vakillari BAA va Turkiyada shu masalani muhokama qilgan. shuningdek, Vashington Pekin bilan ushbu muammo yuzasidan muzokara o‘tkazmoqchi.

 

“Siyosiy yetakchi neytral yoki muvozanatni saqlab qolish siyosatni qidirishga harakat qilsa-da, bu bank yoki kompaniyalarga to‘g‘ri kelmaydi. Bu yurisdiksiyadagi xususiy firmalar tanlovi yana-da ochiq ko‘rinadi. Bu biz tanlovni amalga oshirish uchun yordam loyihamizning bir qismi”, – degan AQSH moliya vaziri yordamchisi Elizabet Rozenberg.

 

Bundan tashqari, Bloomberg Fransiya g‘aznachiligining sobiq amaldori Agatu Demarega tayanib AQSH o‘zi sanksiya joriy etgan davlatlarda taʼsirini yo‘qotayotganini yozgan. Eron, Kuba, Suriya, Myanma, Shimoliy Koreya va Venesuela, shuningdek, Rossiya va Xitoy sanksiyalar abadiy kuchda qolishiga ishonadi. Demarening so‘zlariga ko‘ra, bu davlatlar cheklovlarga moslashish av savdo yo‘nalishini o‘zgartirishni ustuvor vazifa sifatida ko‘rmoqda.

 

Agentlikning taʼkidlashicha, sanksiyalar Amerika siyosatining asosiga aylandi.

 

“Biz Putin kabi avktokratlarning ham o‘z xalqi bilan jamoaviy kelishuvi borligiga ishonyapmiz. Agar u beqarorlik va ishonchsizlik tarqatishda davom etsa, ketma-ket mag‘lubiyatlar uning manfaatlariga to‘g‘ri kelmay qoladi”, – degan AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Dalip Singx.

 

Rossiya Ukraina bostirib kirgach, G‘arb davlatlari bir necha sanksiyalar paketini joriy etdi.

 

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика