1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSh shaharlariga 35 mingdan ortiq askar joylashtirildi

Ular Arizona, Kaliforniya, Nyu-Meksiko, Texas va Florida shtatlarida immigratsiya operatsiyalarida qatnashmoqda.

AQSh shaharlariga 35 mingdan ortiq askar joylashtirildi

Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil iyul oyidan boshlab Amerika Qo‘shma Shtatlarining bir qator yirik shaharlariga immigratsiyaga qarshi operatsiyalarda ishtirok etish uchun 35 mingga yaqin harbiylar yuborildi.

 

Prezident Donald Tramp qaroriga muvofiq, armiya, dengiz floti, havo kuchlari, dengiz piyodalari va Milliy gvardiya qo‘shinlari Arizona, Kaliforniya, Nyu-Meksiko, Texas hamda Florida shtatlarida joylashtirilgan. Ushbu chora-tadbirlar immigratsiya qonunchiligini kuchaytirish va mahalliy huquqni muhofaza qilish organlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

 

Manbalarga ko‘ra, qo‘shinlarning real soni rasmiy ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lishi mumkin. Faqatgina 2025-yil 20-yanvardan buyon mamlakat bo‘ylab qariyb 23,9 ming Milliy gvardiya xodimlari safarbar etilgan.

 

Shuningdek, avgust oyida prezidentning bevosita topshirig‘iga binoan 800 ga yaqin Milliy gvardiyachi Vashingtonga yuborilgan. Ular poytaxtdagi xavfsizlikni ta’minlash va federal obyektlarni muhofaza qilish vazifalarini bajarmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика