Prezident Vladimir Putin Rossiyadagi mehnat muhojirlari uchun patent tizimini bekor qilish masalasini ko‘rib chiqish kerakligini aytdi. Bu haqda u Davlat Dumasidagi fraksiya yetakchilari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
“Biz migrantlar uchun patent tizimini bekor qilish haqida o‘ylashimiz kerak. Men hech narsani istisno qilmayman”, - dedi Putin.Rossiya rahbari, shuningdek, migratsiya rossiyaliklar uchun nozik masala ekanini eslatdi.
“Bu fuqarolar uchun juda nozik masala va mahalliy darajadagi hokimiyatlar muammo yo‘q deb ko‘rsatmasliklari kerak. Bu muammolar mavjud va ularni hal qilish kerak, ammo ular doimiy ravishda tekshirilmaguncha hal etilmaydi”, dedi u.
Maʼlumot uchun, Rossiyada vizasiz mamlakatlardan kelgan mehnat muhojirlari uchun patent tizimi mavjud. Bu mamlakatga kirishdan keyin 30 kun ichida olinishi kerak bo‘lgan ishlash uchun ruxsatnoma. Chet elliklar patent olish uchun yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan, tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari, rus tili, tarixi va qonunchiligini bilishlarini ko‘rsatishlari, Ichki ishlar vazirligiga hujjatlar taqdim etishlari, davlat boji to‘lashlari kerak


