1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSh va Vengriya o‘rtasida vizasiz rejim qayta tiklandi

2023-yilda xavfsizlik sababli cheklangan vizasiz rejim endi to‘liq tiklandi.

AQSh va Vengriya o‘rtasida vizasiz rejim qayta tiklandi

AQShning Budapeshtdagi elchixonasi ma’lum qilishicha, Vengriyaning Amerika Qo‘shma Shtatlariga vizasiz kirish dasturidagi ishtiroki qayta tiklandi.

 

Bayonotda ta’kidlanishicha, 2025-yil 30-sentabrdan boshlab barcha Vengriya fuqarolari AQShga bir necha marotaba kirish imkonini beruvchi, ikki yil davomida amal qiladigan ESTA elektron ruxsatnomasini olishlari mumkin bo‘ladi.

 

Ma’lumki, ESTA — AQShning elektron sayohatga ruxsat berish tizimi bo‘lib, Vizadan voz kechish dasturiga (VWP) a’zo davlatlar fuqarolariga turistik, biznes yoki tranzit maqsadlarda vizasiz tarzda 90 kungacha safar qilish imkonini beradi.

 

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda AQSh Vengriya fuqarolari uchun vizasiz kirish tartibini cheklab, ESTA ruxsatnomasining amal qilish muddatini ikki yildan bir yilgacha qisqartirgan va uni faqat bir martalik foydalanishga yaroqli etib belgilagan edi. Ushbu qaror xavfsizlik choralariga asoslangan holda qabul qilingan bo‘lib, bunga 2011–2020-yillar oralig‘ida Vengriya tomonidan bir millionga yaqin kishiga, asosan qo‘shni davlatlardan kelgan etnik vengerlarga, shaxsini to‘liq tekshirmasdan fuqarolik berilgani sabab bo‘lgani qayd etilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика