1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston / 
  4. AQSHda tarixdagi eng qimmat dori sotuvga chiqdi

13:53 / 02.12.2022

842

AQSHda tarixdagi eng qimmat dori sotuvga chiqdi

AQSHda tarixdagi eng qimmat dori sotuvga chiqdi

Dori yordamida odam gemofiliyadan xalos bo‘ladi.

 

Amerika Qo‘shma Shtatlarida dunyodagi eng qimmat dori vositasidan foydalanishga ruxsat berildi.  Bu haqda “Oddity Central” yozmoqda.

 

Qayd etilishicha, preparat Hemgenix deb ataladi. Uning bir in’yeksiyasi taxminan 3,5 million dollarga baholangan. Dori yordamida odam gemofiliya – qon ivishining buzilishidan xalos bo‘ladi.

 

Hozirgacha standart muolajalar bemorlarning qonida yetishmayotgan oqsil miqdorini yetarli darajada ushlab turish uchun doimiy in’yeksiyalarni talab qilgan, ammo yangi dori tufayli gemofiliya bilan og‘rigan bemorlarga butkul davolanish uchun preparatning bir dozasi yetarli bo‘ladi.

 

Muammo shundaki, bir shisha Hemgenix 3,5 million dollar turadi, bu esa preparatni tarixdagi eng qimmat doriga aylantiradi.

 

Ekspertlarning fikriga ko‘ra, preparat muvaffaqiyatga erishish imkoniyatiga ega. Negaki, gemofiliya uchun mavjud davolash usullari ham katta pul talab qiladi.

 

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика