AQSHning Aydaxo shtatida yashovchi Joel Shtrasser har yil soqolini Yangi yil uchun bezab rekord o‘rnatib keladi.
2019-yilda u soqoliga 302 ta o‘yinchoq ilib rekord o‘rnatgan. 2020-yilda bezaklar soni 542 taga yetkazilgan. 2021-yilda esa Shtrasser soqoliga 681 ta shar ilgan.
Bu yil ham anʼanaga sodiq qolgan holda u o‘z rekordini yangiladi. Bu safar u Ginnesning rekordlar kitobiga kirish uchun 710 ta o‘yinchoqni soqoliga ildi.
Shtrasser oldingi yillarda tizimsiz harakat qilgani uchun kamroq o‘yinchoqlarni sig‘dirganini aytadi. Joel bu o‘yinchoqlarni soqoliga sig‘dirish uchun 2,5 soat vaqt sarflagan. O‘yinchoqlarning umumiy vazni qariyb 2 kilogrammni tashkil qiladi.