1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Arab davlatlari Eronga zarba berilishiga qarshi

Ular Trampni yangi yadroviy bitim tuzishga chaqirgan.

Arab davlatlari Eronga zarba berilishiga qarshi

Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoni rahbarlari Eron yadroviy inshootlariga harbiy zarba berilishiga qarshi ekanliklarini ma’lum qildi. 

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Saniy, BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahyon va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvda Eron bilan yadroviy mojaro masalasini muhokama qilgan.

 

Ular Isroil yoki AQSh tomonidan Eron yadroviy obyektlariga ehtimoliy zarba berilishiga keskin qarshi ekanliklarini bildirgan va Trampni yangi yadroviy bitim tuzishga chaqirgan. Arab yetakchilari, agar zarba berilsa, o‘z hududlarida joylashgan AQSh harbiy bazalari tufayli ularning mamlakatlari Eronning qasos hujumlariga nishon bo‘lishidan xavotir bildirgan.

 

Ahios manbasiga ko‘ra, Qatar amiri Donald Trampga bunday harakatlar Fors ko‘rfazi davlatlari uchun og‘ir oqibatlarga olib kelishini aytgan. Shuningdek, Saudiya Arabistoni va Qatar rasmiylari ham Isroilning Eron ustiga zarba berishi ehtimoli borligidan xavotirda ekanliklarini ta’kidlagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика