1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasidagi strategik yo‘lak AQSh nazoratiga o‘tadi

AQSh nazoratidagi yangi tranzit kelishuvi Janubiy Kavkazdagi tinchlik jarayonida burilish nuqtasi bo‘lishi aytilmoqda.

Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasidagi strategik yo‘lak AQSh nazoratiga o‘tadi

AQSh prezidenti Donald Trump 8-avgust kuni Oq uyda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan tarixiy bitim imzolashi kutilmoqda. Bitimga ko‘ra, Ozarboyjonni Naxichevan bilan bog‘lovchi va Armaniston hududidan o‘tuvchi strategik transport yo‘lagi AQSh nazoratiga o‘tadi.

 

Reuters xabariga ko‘ra, yo‘lak “Trump Route for International Peace and Prosperity” (TRIPP) nomi bilan ataladi va Boku hamda Yerevan o‘rtasida uzoq yillik bahs-munozaralarga sabab bo‘lib kelgan tranzit masalasini hal qiladi.

 

Armaniston avval yo‘lakni faqat o‘z nazorati ostida ochishga tayyor edi, ammo Ozarboyjon bunga rozi bo‘lmadi. Endi esa Armaniston AQShga tranzit yo‘nalishini rivojlantirish uchun uzoq muddatli eksklyuziv huquq beradi. AQSh bu yo‘nalishda infratuzilma qurilishi va boshqaruvini konsorsiumga topshiradi.

 

Bitim doirasida tomonlar, shuningdek, 1992-yilda mojaroga vositachilik qilish uchun tuzilgan Minsk guruhini tugatish haqida ham kelishadi. AQSh rasmiylari bu kelishuv Ozarboyjonning “Ibrohim kelishuvlari” tashabbusiga qo‘shilishiga yo‘l ochishi mumkinligini bildirmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика