1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Nyu-Yorkda legionerlar kasalligi bilan bog‘liq o‘lim holatlari ortib bormoqda

Kasallik legionella bakteriyasi orqali havodan yuqadi, ayniqsa konditsionerli muhitda keng tarqaladi.

Nyu-Yorkda legionerlar kasalligi bilan bog‘liq o‘lim holatlari ortib bormoqda

AQShning Nyu-York shahrida “Legionerlar kasalligi” nomi bilan tanilgan legionellyoz bilan bog‘liq epidemiya oqibatida uchinchi o‘lim holati qayd etildi. Bu haqda shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumot berdi.

 

25-iyuldan beri aniqlangan kasallik qisqa fursatda tez tarqalib, 67 nafar kishida tasdiqlandi. Sog‘liqni saqlash rasmiylari ayni paytda grippga o‘xshash alomatlarga duch kelayotgan fuqarolarga shoshilinch ravishda tibbiy yordamga murojaat qilishni qat’iy tavsiya qilmoqda.

 

Legionerlar kasalligini “Legionella pneumophila” bakteriyasi qo‘zg‘atadi. Bu bakteriya asosan suv havzalarida va e’tiborsiz qoldirilgan konditsionerlar filtrlarida ko‘payib, havo orqali odam organizmiga o‘tadi. Ayniqsa, konditsionerli yopiq binolarda faoliyat yurituvchi shaxslar va yirik sanoat korxonalarida ishlovchilar yuqori xavf ostida hisoblanadi.

 

Dastlab grippga o‘xshash yengil belgilarda kechadigan ushbu kasallik o‘z vaqtida tashxis qo‘yilmasa, og‘irlashishi va hayot uchun xavfli asoratlarga olib kelishi mumkin. Eng ko‘p xavf guruhiga immuniteti zaif shaxslar, keksa yoshdagilar, chekuvchilar va surunkali kasalligi borlar kiradi. Legionellyozni oddiy qon tahlili orqali aniqlash mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика