1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ispaniyada musulmonlarning ommaviy ibodatlari taqiqlanmoqda

Yangi qaror jamoat joylaridan foydalanish qoidalarining o‘zgartirilgan shakliga asoslanadi.

Ispaniyada musulmonlarning ommaviy ibodatlari taqiqlanmoqda

Ispaniyaning janubi-sharqiy qismida joylashgan Jumilla shahrida musulmonlarning Ramazon va Qurbon hayiti kabi diniy bayramlarda ommaviy tarzda birga namoz o‘qishlari rasman taqiqlanishi belgilandi. Bu haqda El Pais nashri xabar bermoqda.

 

Mazkur qaror munitsipalitetlarga tegishli umumiy foydalanishdagi jamoat joylaridan foydalanish qoidalarining o‘zgartirilgan yangi tartiblariga asoslangan. Jumilla ma’muriyati bu o‘zgarishlarni “jamoat tartibini saqlash va makonlardan maqsadli foydalanishni ta’minlash” bilan izohladi.

 

Jumillada hozirda 27 mingga yaqin aholi yashaydi, shundan 1 500 nafardan ortig‘i musulmonlardir. Asosan Shimoliy Afrikadan kelgan muhojirlar va ularning avlodlari hisoblanadi.

 

Ispaniya Konstitutsiyasining 16-moddasi fuqarolarga vijdon va diniy e’tiqod erkinligini kafolatlaydi. Shu bois bu qaror jamiyatda keng muhokamaga sabab bo‘lib, ayrim huquqshunoslar va inson huquqlari faollari bunday taqiqni diniy erkinlikka tajovuz sifatida baholamoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика