1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Arteta “Arsenal” jamoasi bilan shartnomani yangilaydi

Klub rahbariyati murabbiyning ishidan mamnun.

Arteta “Arsenal” jamoasi bilan shartnomani yangilaydi

 

“Arsenal” jamoasi bosh murabbiy Mikel Arteta uchun yangi shartnoma tayyorladi.

 

Yaqin orada 42 yoshli ispaniyalik mutaxassis uchun yangi taklif tomonlar o‘rtasida kelishib olinadi. Klub rahbariyati murabbiyning ishidan mamnun. Har ikki tomon bu yangi shartnomani imzolashga tayyor. Murabbiy va klub o‘rtasidagi kelishuv imzolansa, Mikel Arteta Yevropaning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylaridan biriga aylanadi.

 

Ispaniyalik murabbiy “Arsenal”ni 2019-yilning dekabrida qabul qilib olgan. Uning qo‘l ostida “kanonirlar” Angliya kubogini qo‘lga kiritdi va ikki marta Angliya Superkubogiga ega chiqdi.

 

2023—2024-yilgi mavsumda “Arsenal” “Manchester Siti”dan ikki ochko ortda qolib, APL turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egalladi.

 

Artetaning londonliklar bilan hozirgi shartnomasi 2025-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика