1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Avstriyada koronavirusga qarshi emlanmagan fuqarolarga cheklovlar joriy etildi

Bu haqda Avstriya kansleri Aleksandr Shellenberg maʼlum qilgan.

Avstriyada koronavirusga qarshi emlanmagan fuqarolarga cheklovlar joriy etildi

 

Avstriyada 15-noyabrdan koronavirusga qarshi kurash doirasida yangi cheklovlar joriy etildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, bu cheklovlar Covid-19‘ga qarshi emlanmagan fuqarolarga nisbatan joriy qilinadi. Mamlakat kansleri Aleksandr Shellenberg emlanmaganlarga nisbatan lokdaun qo‘llanilishini maʼlum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu cheklovlar 12 yoshdan katta fuqarolarga nisbatan joriy etilgan. Endilikda vaksina qabul qilmaganlar faqatgina zaruriy mahsulotlar sotib olish va ishga hamda sayr qilishga chiqishi mumkin.

 

Shuningdek, Avstriya sog‘liqni saqlash vaziri Volfgang Myukshtayn mamlakatda tungi komendantlik soati joriy qilinishi mumkinligini aytgan. Bu taqiq koronavirusga qarshi emlangan va emlanmaganlarga birdek taalluqli bo‘ladi.

 

Avvalroq Xitoy shimolida yangi koronavirus cheklovlari joriy etilgani  hamda Rossiya olimlari koronavirus tarqalishini to‘xtatadigan yangi moddani aniqlagani to‘g‘risida xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика