1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bank xodimalari uchun tog‘ yon bag‘rida seminar-trening va sport tadbirlari tashkil qilindi

Trening davomida ishtirokchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, shaxsiy va kasbiy rivojlanish borasida yangi bilim va ilhom oldilar.

Bank xodimalari uchun tog‘ yon bag‘rida seminar-trening va sport tadbirlari tashkil qilindi

“Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB markaziy idorasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda Ayollar maslahat kengashi hamkorligida bank tizimida faoliyat yuritayotgan ayol xodimlar uchun tog‘ yon bag‘rida ikki kunlik seminar-trening, jamoaviy timbilding va sport tadbirlari tashkil etildi.

 

Tadbirning birinchi qismida ayol xodimlar uchun nutq madaniyatini rivojlantirish, jamoada samarali muloqot o‘rnatish, strategik fikrlash va yetakchilik qobiliyatini mustahkamlashga qaratilgan mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

 

Shuningdek, ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Assambleyasida so‘zlagan nutqi bilan tanishib, undagi xalqaro hamkorlik, barqaror rivojlanish va insonparvarlik g‘oyalari atrofida fikr almashdilar. Trening davomida ishtirokchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, shaxsiy va kasbiy rivojlanish borasida yangi bilim va ilhom oldilar.

 

Tadbirning keyingi qismida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan sport musobaqalari o‘tkazildi. Ayol xodimlar badminton, voleybol va stol tennisi bo‘yicha bellashdilar. Shuningdek, ertalab sog‘lomlashtiruvchi badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazilib, kun quvnoq va jo‘shqin muhitda boshlandi.

 

Bunday faoliyatlar nafaqat sog‘lomlashtirish, balki jamoa a’zolari o‘rtasidagi do‘stlik, hamjihatlik va o‘zaro hurmatni mustahkamlashga xizmat qildi.

 

Mazkur seminar va sport tadbirlari “Biznesni rivojlantirish banki” jamoasida faoliyat yuritayotgan ayollar uchun nafaqat dam olish, balki o‘z ustida ishlash, yangi bilimlar olish va bir-biridan ilhomlanish imkonini berdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика