AQSH va Xitoy o‘rtasidagi “qattiq raqobat” yangi sovuq urushga olib kelmasligi kerak. Bu haqda AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan aytib o‘tdi.
Sallivan Avstraliyaning Loui istitutida so‘zlagan nutqida AQSH Afg‘onistonni Hind va Tinch okeani mintaqasiga katta eʼtibor berish maqsadida tark etganini maʼlum qilgan. Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha. Vashington ushbu mintaqada nizolar yuz berishini minimum darajaga kamaytirmoqchi.
“Xitoy va AQSH o‘rtasida yangi sovuq urush boshlanishi hamda bizning nizoga qarab ketayotganlimiz to‘g‘risidagi xabarlarga kelsak, bizda bu yo‘lni tanlamaslik imkoniyati bor”, – degan Oq uy amaldori.
Sallivan Xitoy bilan munosabatlarni “qattiq raqobat”” sifatida baholagan. Uning fikricha, Vashington va Pekinni iqtisodiyot va texnologiyalar sohasida kuchli raqobat kutmoqda. Shu bilan birga u Xitoyning kelajakdagi xalqaro tuzilmalarda muhim faktor bo‘lishini tan olgan.
Avvalroq Pentagon Xitoy yaqin yillar ichida AQSHni harbiy qudrat bo‘yicha ortda qoldirishi mumkinligini aytgandi. Shuningdek, Xitoy yangi gipertovushli qurol sinovini o‘tkazgani haqida xabar qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev


