Falastin prezidenti Mahmud Abbos Isroilning Falastinga qarshi harakatlarini keskin tanqid qilib, Tel-Aviv G‘azo sektorida genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etayotganini taʼkidladi. Bu haqida u BMT Bosh Assambleyasida video havola orqali chiqishi chog‘ida maʼlum qildi.
“Isroilning G‘azo sektorida qilayotgan ishi nafaqat agressiya, balki genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatdir”, - dedi Falastin rahbari.
Shuningdek, Mahmud Abbos BMTning Falastin bo‘yicha 1000 dan ortiq rezolyutsiyalaridan birortasi ham bajarilmaganini aytdi.
“Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan Falastin bo‘yicha qabul qilingan 1000 dan ortiq rezolyutsiyadan birortasi ham bajarilmadi”, dedi Abbos BMT Bosh Assambleyasidagi videokonferensiya orqali qilgan chiqishida.
Avvalroq BMT Bosh Assambleyasi Falastin muxtoriyati rahbari Mahmud Abbosga Bosh Assambleyada videokonferensiya orqali chiqish qilishiga ruxsat beruvchi rezolyutsiyani qabul qilgan edi.


