1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

10 ming nafar tadbirkor Yaponiya tajribasi asosida o‘qitiladi

“Biznesni rivojlantirish banki” Yamagata universiteti bilan  shartnoma imzoladi.

10 ming nafar tadbirkor Yaponiya tajribasi asosida o‘qitiladi

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil  14 sentyabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini samarali amalga oshirish va uni doimiy ravishda takomillashtirib borish bo‘yicha asosiy tayanch bank sifatida belgilangan.

 

Dasturga asosan tashabbuskorlarni biznes ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘nalishidagi qisqa va o‘rta muddatli amaliy o‘quv kurslari bank tomonidan hududlarda tashkil etilgan 14 ta “Kichik biznesga ko‘maklashish markazlari”da olib boriladi.

 

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tadbirkorlarni o‘qitish jarayoniga “Yaponiya tajribasi”ni tatbiq etish va bu borada Yaponiyaning yetakchi taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

 

Joriy yilning 7 mart kuni Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston - Yaponiya biznes forumi davomida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi  Saxi Annaklichev va Yamagata universiteti prezidenti Xeditoshi Tamate tomonidan imzolangan  shartnoma ham aynan shu ezgu maqsadga qaratilgan. O‘zaro kelishuvga muvofiq, respublikamizdagi 10 ming nafar tadbirkor Yaponiya tajribasi asosida o‘qitiladi va mentorlar tayyorlanadi. Mazkur kelishuv Bank va Universitet o‘rtasida o‘tgan yilning noyabr oyidan o‘rnatilgan hamkorlik aloqalarining amaliy samarasi hisoblanadi.

 

 

Yaponiyaning nufuzli universiteti bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan o‘quv kurslarida tadbirkorlar biznes ko‘nikmalarini rivojlantirish, biznes-rejani ishlab chiqish, loyihalarni moliyalashtirish manbalarini topish kabi yo‘nalishlarda o‘qitiladi.

 

Shuningdek, yaponiyalik mutaxassislar ko‘magida mahalliy kadrlar orasidan mentorlar tayyorlanadi. Kelgusida “Kichik biznesga ko‘maklashish hududiy markazlari”dagi tadbirkorlarni o‘qitish ishlari  mentorlar tomonidan  tashkil etilishi rejalanmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasidagi amaliy o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tashabbuskorlar “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan joriy etilgan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash dastaklaridan foydalanishlari mumkin.

 

Maʼlumot uchun: 1949 yilda tashkil etilgan Yamagata universiteti Yaponiyaning milliy universiteti bo‘lib, jahondagi eng yaxshi  600 universitetlari qatoriga kiradi. Yamagata universiteti 18 mamlakatdagi 48 ta universitet va institutlar bilan hamkorlik qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика