“Yori-I” loyihasining asosiy maqsadi tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish vositasida viloyatda mahalliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini taʼminlashdir. Bu o‘z navbatida, yangi bizneslarni yaratish va yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali amalga oshiriladi.

Loyiha Yamagata universiteti rahbarligida, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va O‘zbekiston — Yaponiya markazi (UJC) texnik ko‘magi ishtirokida "Biznesni rivojlantirish banki" hududiy markazlarida va Toshkent viloyati hokimiyati moliyaviy mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Memorandum almashinuv marosimi tomonlarning uzoq muddatli hamkorlikka va loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishga tayyorligini tasdiqladi. Ushbu marosim loyiha ishtirokchilari o‘rtasidagi mustahkam hamkorlikka yo‘l ochib, Toshkent viloyatining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shadi.
Bank axborot xizmati


