1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Bolalarda diatez nima sababdan kelib chiqadi?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Bolalarda diatez nima sababdan kelib chiqadi?

Yangi tug‘ilgan chaqaloqning sog‘lom ulg‘ayishi har bir onadan alohida eʼtibor va g‘amxo‘rlikni talab qiladi. Ayniqsa, go‘dakning asosiy taomi ko‘krak suti bo‘lgan paytda ayollar allergiya chaqiruvchi mahsulotlarni isteʼmol qilishdan ehtiyot bo‘lishi lozim. Aks holda kichkintoyda diatez kuzatilishi mumkin.

 

— Bu kasallik ko‘pincha bolalarning ikki oylikdan ikki yoshgacha bo‘lgan davrida boshlanadi, — deydi professor. — U asosan ikki omilning qo‘shilishi, yaʼni nasliy moyillik va allepgenlar bilan aloqa natijasida yuzaga keladi.

 

Allergik peaksiyalar rivojlanishiga oziq-ovqat mahsulotlari (sigir suti, asal, shipinliklar, boshoqli donlar, shokolad, baliq, sitrus va qizil rangli xo‘l mevalar) bilan birgalikda tashqi taʼsiplar (chang, kimyoviy moddalar) sabab bo‘lishi mumkin.

 

Diatez terida, ko‘pincha yuz va bo‘yin sohalarida qizarishlar hamda toshmalar ko‘pinishida kuzatiladi. Toshmalar qattiq qichishadi va bolakay bezovtalanadi.

 

Bundan tashqari, diatez kichkintoylarda quyidagi belgilar bilan ham namoyon bo‘lishi mumkin:

 

— terida yallig‘lanish;

— bosh sohasida qazg‘oq hosil bo‘lishi;

— ishtaha pasayishi, tez-tez kekirish, ko‘ngil aynishi, ich kelishining buzilishi, qorin sohasida og‘piqlar;

— burun, tomoq, ko‘zlarning yallig‘lanishi;

— uyqu buzilishi va bezovtalanish.

 

Shu bilan birga, homiladorlikning notinch kechishi, bu davrda o‘tkazilgan infeksion kasalliklar, taqiqlangan dori vositalarini qabul qilish, tamaki mahsulotlarini chekish, spirtli ichimliklar isteʼmol qilish tufayli bolalarda diatez rivojlanishining ehtimoli ortib boradi.

 

Diatezning bip necha turi bo‘lib, ular kasallik belgilari bilan farqlanadi. Shu sababli davolash usulini aniqlash uchun jajji bemorlarni maxsus diagnostik tekshipuvlardan o‘tkazish talab etiladi.

 

Diatez, asosan, atopik oilada tug‘ilgan o‘g‘il-qizlarda ko‘p uchraydi. Shu bois agar ota yoki onada astma, allergik rinit va ekzema kabi xastaliklar bo‘lsa, birlamchi bo‘g‘inda oilaviy shifokor ayolning homiladorlik davridan profilaktika ishlarini boshlashi lozim.

 

Chunki diatez keyinchalik bolalarda atopik dermatit, rinit va osongina bronxial astma kasalligi rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика