Kecha, 23 avgust kuni Toshkent shahridagi “JAR” stadionida Davlat xavfsizlik xizmati kubogining mini-futbol va futbol bahslari final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. ZAMON.UZ futbol bo‘yicha final uchrashuvidan fotoreportaj tayyorladi.





Maʼlum qilinishicha, respublika bo‘yicha jami 727 ming nafardan ortiq yoshlar musobaqalarda ishtirok etdi va bu yilgi musobaqa natijalari quyidagicha bo‘ldi.
Mini futbol qizlar o‘rtasidagi natijalar:
-
1-o‘rin — Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, Jaloyir mahallasi;
-
2-o‘rin — Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Komolot mahallasi;
-
3-o‘rin — Samarqand viloyati, Jomboy tumani, No‘sh mahallasi mahallasi jamoalari g‘olib va sovrindor bo‘lishdi.
Mini futbol o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi natijalar:
-
1-o‘rin — Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Yangi Beltepa mahallasi;
-
2-o‘rin — Samarqand viloyati, Toyloq tumani, Tepaqishloq mahallasi;
-
3-o‘rin — Qashqadaryo viloyati, Koson tumani, Mug‘jagul mahallasi jamoalari g‘olib va sovrindor bo‘lishdi.
Katta futbol final bahsi natijalari:
-
1-o‘rin — Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahar, Abduraxmon Jomiy mahallasi;
-
2-o‘rin — Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani, Qoratepa mahallasi jamoasi;
-
3 o‘rinni — Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Katta Qozirobod mahallasi jamoalari g‘olib va sovrindor bo‘lishdi.
Hal qiluvchi bahsda Sirdaryo viloyati, “Jomiy” mahallasi yoshlari Qashqadaryo viloyati jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etib, DXX kubogi sohibiga aylandi.





2-taym 37-daqiqada “Jomiy” mahallasi jamoasi aʼzosi Alisher Sobirjonovning raqib darvozasiga yo‘nalgan hujumi gol bilan yakunlandi.


