1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Abduqodir Husanov Yevropa transferlari tarixidagi muhim reytingdan o‘rin oldi

O‘zbekistonlik himoyachi 40 mln yevroga “Manchester Citi”ga o‘tgan eng qimmat futbolchilardan biri sifatida qayd etildi.

Abduqodir Husanov Yevropa transferlari tarixidagi muhim reytingdan o‘rin oldi

Futbol bo‘yicha xalqaro ekspertlar Yevropa transferlari tarixini tahlil qilib, sobiq ittifoq davlatlaridan — O‘zbekiston, Gruziya, Ukraina, Armaniston va Rossiyadan chiqqan eng qimmat futbolchilar reytingini tuzdilar.

 

Quvonarlisi, ushbu ro‘yxatning oltinchi pog‘onasidan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, hozirda Angliyaning “Manchester Citi” klubi sharafini himoya qilayotgan Abduqodir Husonov joy oldi. U Fransiyaning “Lans” jamoasidan 40 million yevro evaziga “shaharliklar” safiga qo‘shilgan edi.

 

Eng qimmat beshlik quyidagicha ko‘rinish oldi:

 

Xvicha Kvaratsxeliya (Gruziya) — €75 mln, “Napoli”dan “PSJ”ga;

 

Mixail Mudrik (Ukraina) — €70 mln, “Shaxter Donetsk”dan “Chelsi”ga;

 

Ilya Zabarniy (Ukraina) — €63 mln, “Bornmut”dan “PSJ”ga;

 

Andrey Shevchenko (Ukraina) — €43,88 mln, “Milan”dan “Chelsi”ga;

 

Genrix Mxitaryan (Armaniston) — €42 mln, “Borussiya Dortmund”dan “Manchester Yunayted”ga.

 

Husonovning nomi bu ro‘yxatda paydo bo‘lishi O‘zbekiston futboli uchun katta yutuq sifatida baholanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика