1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bugun O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog'ishi kutilmoqda

Havo harorati iliq bo‘ladi, ayrim joylarda shamol tezligi 20–22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Bugun O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog'ishi kutilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 29-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 6-8, kunduzi 15-17 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

 

Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

 

Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

 

Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18, ba’zi tumanlarda 20-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 6-11, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

 

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 6-11, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Joylarda tuman tushadi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.

 

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lib, ayrim tumanlarda kuchayishi mumkin. Joylarda tuman tushadi. G‘arbdan sekundiga 9-14 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика