1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Бугун Президент тадбиркорлар билан учрашади

Шавкат Мирзиёев очиқ мулоқот доирасида бир гуруҳ соҳа вакилларига давлат мукофотларини топширади.

Бугун Президент тадбиркорлар билан учрашади

Bugun Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma'lum qildi.

 

Tadbir davomida tadbirkorlik sohasi vakillari bildirgan taklif va tashabbuslar muhokama qilinadi, shuningdek, bir guruh tadbirkorlarga davlat mukofotlari topshirilishi rejalashtirilgan.

 

Davlat rahbarining tadbirkorlar bilan ilk ochiq muloqoti 2021-yil 20-avgustda bo‘lib o‘tgan edi. O‘sha uchrashuvda Prezident ushbu an’anani yo‘lga qo‘yish tashabbusi bilan chiqqan va 20-avgust sanasini Tadbirkorlar kuni sifatida belgilashni taklif qilgandi.

 

Shundan buyon tadbirkorlar bilan uchrashuvlar muntazam o‘tkazilib kelmoqda. Ularda biznes vakillarini o‘ylantirayotgan dolzarb masalalar muhokama qilinib, ularning takliflari asosida qator qarorlar qabul qilinmoqda. Shu vaqtga qadar ochiq muloqotlarda ilgari surilgan qariyb 1 ming taklif qonun va qarorlarda o‘z aksini topgan.

 

Bugungi uchrashuvga tayyorgarlik jarayonida esa 26 ta yo‘nalish bo‘yicha 7 mingga yaqin tadbirkor bilan muloqot o‘tkazildi. Shuningdek, “call-markaz” orqali 13 mingdan ortiq murojaat va tashabbus kelib tushgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu murojaatlar asosida ishlab chiqilgan hamda tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng imkoniyat va qulayliklar yaratishga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.

 

Davlatimiz rahbari, shuningdek, bugun poytaxtimizning “Yangi Toshkent” hududida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика