1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ikki viloyatda Latviyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi

Hozirda huquqbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Ikki viloyatda Latviyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi

Toshkent va Andijon viloyatlarida Latviya davlatiga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi. Bu haqida DXX axborot xizmati Zamon.uz'ga maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan shaxs xorijda ishlamoqchi bo‘lgan fuqarolarga maslahat va viza olish bo‘yicha zarur hujjatlarni tayyorlashda ko‘maklashish bilan shug‘ullanuvchi MCHJ tashkil qilib, ijtimoiy tarmoqlar orqali Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirgan. Ularga Latviya davlatiga ishlash uchun borishlarida kerak bo‘ladigan vizani olib berish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilgan. Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Urganch shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Bunday qonunbuzilish holati Toshkent viloyatida ham qayd etilib, unda Angren shahrida yashovchi shaxs Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi 1991 va 1992 yillarda tug‘ilgan 3 nafar fuqaroga elchixonada ishlovchi tanishlari orqali Latviya davlatiga borib ishlash imkonini beruvchi ishchi viza rasmiylashtirib berish evaziga 8 250 AQSH dollari talab qilgan. Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida Angren shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pul mablag‘idan 2 100 AQSH dollarini oldindan olgan vaqtida ushlangan.

 

Hozirda mazkur ikki qonunbuzarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика