Toshkent va atrofidagi hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–2° iliq, kunduzi 7–9° iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston, Xorazm va boshqa shimoliy hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘ishi va tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–10° sovuq, kunduzi 0–5° iliq bo‘ladi.
Tog‘li va tog‘oldi hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10° sovuq, kunduzi 2–7° iliq bo‘ladi.


