1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bugundan O‘zbekistonda tozalik va ozodalik oyligi boshlandi

Oylik davomida respublikada ekologik huquqbuzarliklarga qarshi doimiy reyd tadbirlari amalga oshiriladi.

Bugundan O‘zbekistonda tozalik va ozodalik oyligi boshlandi

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, bugun, 15-oktyabrdan eʼtiboran butun respublikada tozalik va ozodalik oyligi boshlandi. Bu haqida Ekologiya vazirligi xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, oylik davomida barcha mahallalar, maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari, ko‘chalar, aholi turar joylari hududlarida tozalik ishlari amalga oshiriladi. Shuningdek, volontyorlar, yosh eko-faollar ishtirokida turli tozalik aksiyalari, plogginglar tashkil etiladi. Barcha tashkilotlar rahbarlari, xususan, Ekologiya vazirligi rahbariyati ushbu tadbirlarida shaxsiy namuna sifatida faol ishtirok etadi.

 

Bundan tashqari, ayni damda Ekologiya vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar xodimlaridan iborat maxsus shtablar tashkil qilinmoqda. Bu shtablar tomonidan har bir viloyat, tuman va shaharlarda qatʼiy ekologik nazorat o‘rnatiladi hamda jamoatchilikka kundalik maʼlumot berib boriladi.

 

Qolaversa, oylik davomida ekologik huquqbuzarliklarga qarshi doimiy reyd tadbirlari amalga oshiriladi. Vazirlik tomonidan respublikaning barcha hududlariga onlayn kuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lib, ushbu kameralar nazorati yana-da kuchaytiriladi.

 

-

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика