1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Kelgusi o‘n yillikda qaysi kasblarga talab yuqori bo‘ladi?

Sunʼiy intellektning yaratilishi mehnat bozorida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi.

Kelgusi o‘n yillikda qaysi kasblarga talab yuqori bo‘ladi?

Sunʼiy intellektning, ayniqsa ChatGPT ilovasidan keyingi tez rivojlanishi mehnat bozorida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Ayrim kasblar avtomatlashishi mumkin bo‘lsa-da, texnologik va ijtimoiy jarayonlar yangi ish o‘rinlarini ham yaratmoqda.

 

Masalan, elektron tijorat chakana savdoda ish o‘rinlarini qisqartirgan bo‘lsa-da, transport va logistika sohalarida mehnat talabini oshirdi. AQSH Mehnat statistikasi byurosi maʼlumotlariga ko‘ra, bu yo‘nalish 2034 yilgacha 580 ming yangi ish o‘rni bilan eng tez o‘suvchi tarmoqlardan biriga aylanadi.

 

Eng katta o‘sish esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida kutilmoqda. Demografik o‘zgarishlar — aholining qarishi va surunkali kasalliklar ko‘payishi natijasida bu tarmoqda 1,7 millionga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi, bu umumiy yangi ish o‘rinlarining uchdan bir qismini tashkil etadi.

 

Shuningdek, uy sharoitida parvarish va shaxsiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar eng tez o‘sadigan kasblardan biri bo‘lib, 740 ming yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. Hamshiralar, tibbiy xizmat menejerlari va amaliyotchi hamshiralar ham mehnat bozorida yuqori talabga ega bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика