1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda noqonuniy kumush savdosi fosh etildi

Navoiylik uch fuqaro 18 kg kumushni 21 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi.

Samarqandda noqonuniy kumush savdosi fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Narpay tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida noqonuniy kumush savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar faoliyati to‘xtatildi.

 

Tadbir chog‘ida Navoiy viloyatida yashovchi 1980, 1983 va 1987-yillarda tug‘ilgan 3 nafar shaxs “shartli xaridor”ga 18 kilogramm kumushni har bir grammni 11 700 so‘mdan, jami 21 ming AQSh dollariga sotish paytida jinoyat ustida ushlandi.

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspektsiyasi xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olingan metallning sof og‘irligi 16 kilogramm 744 grammni tashkil etib, asillik darajasi “999” deb belgilangan.

 

Baholash natijasiga ko‘ra, mazkur metallning umumiy qiymati 502 million 344 ming so‘mni tashkil etadi.

 

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Kumushning kelib chiqish manbasini aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика