1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Termizda MIB orqali qarzdor otadan 78 mln undirildi

Erkak 6 yidan beri aliment to‘lamay, xorijda ishlab yurgan.

Termizda MIB orqali qarzdor otadan 78 mln undirildi

Termiz tumanida yashovchi Shokir Tog‘ayev bilan Toshkent shahridan Noila Jo‘rayeva o‘rtasidagi sevgi hikoyasi 2011 yilda ularning qiz farzandli bo‘lishlari bilan davom etdi. Biroq, kundalik hayotdagi mayda-chuyda nizolar oilaviy baxtni soya qila boshladi va 2019 yilda er-xotin ajrashishga qaror qilishdi. Shokir Tog‘ayev ishlash uchun chet elga ketdi, farzand taʼminoti esa uning zimmasiga sud qarori bilan yuklatildi.

 

Ariza asosida ochilgan aliment to‘lovi ishi Majburiy ijro byurosi Termiz tuman bo‘limi ish yurituviga olindi. O‘rganishlar davomida qarzdor otaga nisbatan qidiruv eʼlon qilindi va uni topish uchun chet elga xalqaro so‘rovlar yuborildi.

 

Xalqaro qidiruvlar natijasida topilgan Sh.Tog‘ayevga 6 yillik aliment qarzdorligi 78 million so‘mdan oshganligi tushuntirildi. Byuroning tuman bo‘limi davlat ijrochilarining saʼy-harakatlari bilan qarzdor otaga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilayotgan vaqtda Sh.Tog‘ayev o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqardi va farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment qarzdorligini to‘liq to‘lab berdi.

 

To‘lov amalga oshirilgach, Sh.Tog‘ayev farzandi va sobiq turmush o‘rtog‘ini qiyin vaziyatda qoldirgani uchun afsusda ekanligini bildirib, aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab borishiga vaʼda berdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика