1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoroda soliq inspektori pora bilan qo‘lga tushdi

400 dollar talab qilgan mansabdor shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Buxoroda soliq inspektori pora bilan qo‘lga tushdi

Buxoro shahrida davlat soliq inspeksiyasining bo‘lim bosh inspektori pora olganlikda gumon qilinib, qo‘lga olindi. U tadbirkorning mol-mulkiga qo‘yilgan taqiqni olib tashlash evaziga 400 AQSh dollari talab qilgan. Bu haqda Zamon.uz'ga DXX xabar qildi. 

Dastlab, shaharda faoliyat yurituvchi MChJ 2024 yil noyabr-dekabr va 2025 yil yanvar-fevral oylari uchun aylanmadan olinadigan soliq va daromad solig‘i hisobotlarini o‘z vaqtida topshirmagani sababli, Buxoro shahar soliq inspeksiyasi rahbariyati tomonidan unga nisbatan ma’muriy chora ko‘riladi. Mazkur qarorga asosan Majburiy ijro byurosi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atiladi.

 

Keyinchalik, jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi MChJga nisbatan qo‘llanilgan jazoni bekor qilish haqida qaror chiqaradi. Ammo shunga qaramay, soliq inspeksiyasining bosh inspektori sud qaroriga zid ravishda, mol-mulkka qo‘yilgan taqiqni olib tashlash evaziga pora talab qiladi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati va Ijro hujjatlarini ta’minlash departamenti viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda inspektor pora olayotgan paytda qo‘lga olinadi. Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика