1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida endi 12 yoshli qizga otasi zo‘ravonlik qilgani aniqlandi

Tibbiy ko‘rikka yuborilgan qizaloq avval gapira olmagan voqealarni ochiqlashga majbur bo‘ldi.

Toshkent viloyatida endi 12 yoshli qizga otasi zo‘ravonlik qilgani aniqlandi

Toshkent viloyatida yashovchi erkak o‘z qiziga nisbatan og‘ir jinoyat sodir etgani uchun 12 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu holat Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan oilaning ijtimoiy holatini o‘rganish davomida fosh etilgan.

 

Qizaloq oilaning ehtiyojmandlar ro‘yxatiga kiritilishi jarayonida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Aynan shu ko‘rik orqali ilgari ochilmagan holatlar yuzaga chiqib, rasmiy tergov boshlanishiga sabab bo‘ldi. Qiz vaqtincha oilaviy bolalar uyiga joylashtirilib, keyinchalik onasi qaromog‘iga topshirildi. Hozirda u doimiy himoya ostida bo‘lib, unga tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatilmoqda.

 

24-iyul kuni bo‘lib o‘tgan sudda aybdorga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi “a”, “b”, “e” bandlariga asosan 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Ijtimoiy himoya agentligi bolani himoyalash bo‘yicha barcha tegishli xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirganini ma’lum qildi.

 

Agentlik vakillari bolalarga nisbatan jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish, har bir holatda adolatni ta'minlash va har bir bolani eshitish va himoya qilish uchun faoliyatni davom ettirishlarini ta’kidlashdi.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq Angrenda 14 yoshli qiz 4 nafar yigit tomonidan zo‘rlangandi. Bolalar ombudsmani vakolatlari doirasida mazkur jinoyat ishi yurituvi bo‘yicha o‘z kuzatuvni olib borayotgani ta'kidlangan. Ushbu ish yuzasidan tergov jarayoni Bosh prokuratura tomonidan alohida nazoratga olingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика