1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda 6 ta metro bekatida harakat vaqtincha to‘xtatiladi

“Texnopark – Yangiobod” yo‘nalishida profilaktik ishlar sababli poyezdlar yurmaydi.

Toshkentda 6 ta metro bekatida harakat vaqtincha to‘xtatiladi

2025-yil 2-avgustdan boshlab Toshkent metropolitenining yer usti halqa yo‘nalishidagi 6 ta bekatda – “Texnopark – Yangiobod” oralig‘ida metro poyezdlarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” rasmiy kanali orqali xabar berdi.

 

Mazkur choralar metro estakadalari va bekatlarida rejali profilaktik ta’mirlash ishlarini amalga oshirish maqsadida ko‘rilmoqda. Mutasaddilar fikriga ko‘ra, xalqaro tajribadan kelib chiqib, xavfsizlik va sifatli xizmat ko‘rsatish uchun bunday texnik parvarish zarur hisoblanadi.

 

Yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida “Texnopark – Qipchoq – Texnopark” yo‘nalishida katta sig‘imli bepul avtobuslar qatnovi tashkil etiladi. Ular har kuni 05:00 dan 23:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

 

“Toshkent metropoliteni” yo‘lovchilardan vaqtincha noqulayliklar uchun uzr so‘rab, metrobuslar orqali muntazam va xavfsiz transport ta’minlanishini kafolatlamoqda. Profilaktik ishlar yakunlangach, poyezdlar harakati odatdagidek davom etadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика