1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

Byudjet tashkilotlari inspeksiyasi va Soliq qarzini undirish inspeksiyasi tashkil etiladi

Ushbu Inspeksiya to‘liq raqamlashgan bo‘ladi va G‘aznachilik elektron tizimiga integratsiya qilinadi.

Byudjet tashkilotlari inspeksiyasi va Soliq qarzini undirish inspeksiyasi tashkil etiladi

 

Ayni daqiqalarda Prezident raisligida joriy yilda iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha hukumat oldidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Shavkat Mirziyoyev soliq tizimiga ham alohida to‘xtaldi.

 

Maʼlum qilinishicha, 40 mingta byudjet tashkiloti bilan ishlash vazifasi tumandan Soliq qo‘mitasida yangi tashkil qilinadigan Byudjet tashkilotlari inspeksiyasiga o‘tkaziladi. Ushbu Inspeksiya to‘liq raqamlashgan bo‘ladi va G‘aznachilik elektron tizimiga integratsiya qilinadi.

 

Shu kabi soliq qarzdorligi bilan ishlash bo‘yicha ham qo‘mita qoshida Soliq qarzini undirish inspeksiyasi tashkil etiladi. Unga Majburiy ijro byurosida mavjud vakolatlar beriladi.

 

Buning hisobiga, tumanlardagi qo‘shimcha 200 nafar soliqchini “mahallabay” ishlash tizimiga o‘tkazish imkoni bo‘ladi.

 

Respublika soliq tushumining 50 foizini beradigan 80 ta eng yirik korxona va 35 ta tijorat banki bilan ishlaydigan alohida tizim bo‘ladi.

 

Buning uchun Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha inspeksiya tarkibida yangi tuzilma tashkil qilinib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan bevosita ishlaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика