1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Chet davlatdan O‘zbekistonga kelayotgan avtobus ag‘darilib ketdi

Avtobusda 29 kishi, jumladan, bolalar ham bo‘lgani aytilmoqda.

Chet davlatdan O‘zbekistonga kelayotgan avtobus ag‘darilib ketdi

 

Rossiya Ichki ishlar vazirligining mintaqadagi Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Orenburg viloyatining Tatarskaya Kargala qishlog‘i yaqinida Orenburg-Qozon trassasida Nijniy Novgorod – O‘zbekiston yo‘nalishidagi yo‘lovchi avtobus ariqqa ag‘darilib ketdi

 

Maʼlum qilinishicha, Tatarskaya Kargala qishlog‘i yaqinida yo‘lovchi avtobusi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilib ketgan, avtobusda 29 kishi, jumladan, bolalar ham bo‘lgan.

 

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Orenburg viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi maʼlumotlariga ko‘ra, yo‘lovchilar dastlab mahalliy madaniyat uyiga joylashtirilgan, keyin esa boshqa avtobusda yo‘lni davom ettirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика