1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

18 YOSHDAN KATTA BO‘LGAN BIR QANCHA AHOLI QATLAMLARI KORONAVIRUS INFEKSIYASIGA QARSHI OMMAVIY EMLANISHI SHART

Respublika maxsus komissiyasining  yurtimizda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqarorligini ta’minlashda ko‘rilayotgan choralarni muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

18 YOSHDAN KATTA BO‘LGAN BIR QANCHA AHOLI QATLAMLARI KORONAVIRUS INFEKSIYASIGA QARSHI OMMAVIY EMLANISHI SHART

Uning yakuniga ko`ra:
📌 2021-yil 1-sentyabrgacha 18 yoshdan katta bo‘lgan quyidagi toifa yoki guruhdagi aholi qatlami koronavirus infeksiyasiga qarshi 1-doza vaksinalari; 

📌1 oktyabrgacha 2-doza vaksinalari;

📌1 noyabrgacha 3-doza vaksinalari bilan ommaviy emlanishi (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lgan hollar bundan mustasno) shartligi belgilandi.

Ular quyidagilar:

▶️ aholi bilan muloqotga kiruvchi barcha turdagi xizmat ko‘rsatish ob’yektlarining (davlat xizmatlari markazlari, pochta bo‘linmalari,  banklar, lizing tashkilotlari, notariuslar, sug‘urta kompaniyalari, go‘zallik salonlari, sartaroshxonalar va boshqalarning) xodimlari;

▶️ barcha turdagi savdo ob’yektlarining (oziq-ovqat, xo‘jalik mollari, kiyim-kechak do‘konlarining, dorixonalarning va boshqalarning) xodimlari;

▶️  sport maktablarining hamda sport inshootlarining xodimlari;

▶️ madaniy hamda ko‘ngilochar ob’yektlarning va dam olish maskanlarining xodimlari;

▶️ mehmonxonalarning, uy mehmonxonalarining, xostellarning, otellarning, yotoqxonalarning va kempinglarning ishchi-xodimlari;

▶️  yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlarning xodimlari;

▶️  davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining xodimlari;

▶️ harbiy xizmatchilar;

▶️ umumiy ovqatlanish korxonalarining, xususan, jamoat joylarida joylashgan tezkor ovqatlanish shoxobchalarining, choyxonalar, to‘yxonalar, kafelar va restoranlarning xodimlari, shu jumladan, mahsulotlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchilar;

▶️  barcha turdagi davlat va nodavlat tibbiyot va tibbiy-ijtimoiy ob’yektlarning xodimlari;

▶️  kommunal xizmat sohasi xodimlari;

▶️ aloqa va telekommunikasiya ob’yektlarining xodimlari;

▶️  davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining xodimlari; 

▶️ huquqni muhofaza qiluvchi organlarining xodimlari.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика