Uning so‘zlariga ko‘ra, missiya barbod bo‘lganini hamma tushunmoqda, bu ochiq tan olinmoqda, shu jumladan AQSHning o‘zida ham. Terrorchilik hech qayerga yo‘qolmadi, ISHID va Al-Qoida Afg‘onistonda o‘z pozisiyalarini mustahkamladi. Giyohvand moddalarni yetishtirish rekord darajaga yetdi – narkotiklarning barchasi 90 % Afg‘onistondan kelib chiqadi.
“AQSH Markaziy Osiyo davlatlari va Pokistonni ularning hududlarida Afg‘onistondan olib chiqayotgan harbiy infratuzilmaning bir qismini joylashtirishga ko‘ndirish rejalarini yashirmayapti”, - dedi RF TIV rahbari.
Vazir O‘zbekiston va Pokiston bu taklifni darhol qat’iyan rad etgani va sherik-davlatlarning hech biri o‘z aholisini bunday xavfga duchor qilmoqchi emas, deb ta’kidladi.
Sergey Lavrov amerikaliklarning yana bir tashabbusi haqida to‘xtaldi: "Amerikaliklar ular bilan hamkorlik qilgan afg‘onlarni mamlakatdan olib ketish va Markaziy Osiyo davlatlari hududlariga vaqtincha yoki doimiy ravishda joylashtirishga harakat qilmoqdalar". Dastlab bu 10 mingga yaqin harbiy xizmatchi edi, endi yil oxirigacha 100 ming kishi, deb aytilmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bu niyatlardagi barcha xavf-xatarlarni yaxshi tushunishmoqda va o‘z manfaatlaridan kelib chiqib to‘g‘ri qaror qabul qilishadi, dedi vazir.


