
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, ular koronavirusning AQSH va Xitoyda tarqalishi mumkin bo‘lgan sanasini matematik model yordamida tahlil qilib, tasdiqlangan infeksiya holatlari soni to‘g‘risidagi maʼlumotlardan foydalangan.
Ularning fikricha, tahlil natijalari yuqori ehtimol bilan COVID-19 AQSHda 2019-yil sentabr oyida tarqala boshlagani, Xitoyda esa yil oxirida qayd etilganini ko‘rsatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Xitoy Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi mutaxassislari Uxanda koronavirus paydo bo‘lishining yangi versiyasini eʼlon qilgandi. Ularning fikricha, virus mamlakatga Xitoyga oziq-ovqat yuborgan boshqa davlatlardan — AQSH yoki Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlardan kirgan bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I AQSHga koronavirus kelib chiqishi haqidagi hisobot yuzasidan norozilik bildirgandi.
Nasiba To‘xtayeva


