O‘zbekiston hududida 23–24 avgust kunlari quruq va nisbatan issiq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kunduzi 35–37 daraja atrofida bo‘lsa, janubiy va cho‘l hududlarida 40 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, dam olish kunlari mamlakatning katta qismida havo biroz bulutli va o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Respublika bo‘yicha kuchsiz nam havo oqimi kirib kelishi sababli harorat 2–3 darajaga pasayadi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim hududlarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda esa chang-to‘zonlar bo‘lishi ehtimol qilinmoqda.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli va vaqt-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shamol asosan g‘arbdan 3–8 m/s tezlikda esadi, ayrim vaqtlarda 12–15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Bugun kunduzgi harorat 35–37 daraja bo‘lsa, yakshanba kuni biroz pasayib, 32–35 daraja atrofida bo‘ladi. Kechalari esa havo 20–22 daraja bo‘lishi kutilmoqda.


