1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Dubayda narkotiklar saqlanayotgan villa fosh bo‘ldi

Operatsiya natijasida ikki nafar Osiyo fuqarosi qo‘lga olingan.

Dubayda narkotiklar saqlanayotgan villa fosh bo‘ldi

Dubay politsiyasi tomonidan o‘tkazilgan maxsus reyd davomida yashash uchun mo‘ljallangan villada giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi. Operatsiya natijasida ikki nafar Osiyo fuqarosi qo‘lga olinib, katta miqdordagi narkotik vositalar musodara qilindi.

 

Jinoyatchilar haqida dastlabki maʼlumotlar Dubay razvedka xizmatidan olingan bo‘lib, maxsus tergov guruhi tomonidan ularning harakatlari puxta o‘rganilgan. Dastlab, guruh aʼzolaridan biri tuzoqqa ilintirilib qo‘lga olinib, tergov davomida u sherigining shaxsini fosh etgan va navbatdagi reydda ikkinchi gumondor ham narkotiklarni qadoqlayotganda ushlangan.

 

Reyd davomida jami 40 kilogramm narkotiklar – ketamin, kristall metamfetamin, marixuana, gashish va ularni tayyorlashda ishlatiladigan kimyoviy moddalar hamda suyuqliklar  musodara qilingan.

 

Narkotiklarga qarshi kurash bosh boshqarmasi direktori Brigadiyer Xolid bin Muvaizaning takidlashicha bu muvaffaqiyatli amaliyot Dubay politsiyasining giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi qatʼiy kurash olib borayotganini tasdiqlaydi. 

 

Jinoyatlarga qarshi kurashda ilg‘or texnologiyalar, jumladan yuqori malakali xodimlar raqamlashtirilgan tizimdan samarali foydalanayotganligi natijasida, hatto chetdan turib boshqarilayotgan jinoyat tarmoqlari ham tezlikda fosh etilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика