1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada daladan 4 kilo “opiy” olayotganlar ushlandi

Ular keyinchalik transchegaraviy “narkoguruh”ga aʼzo ekani aniqlangan.

Farg‘onada daladan 4 kilo “opiy” olayotganlar ushlandi

Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida dalaga yashirilgan opiyni olayotgan uch nafar shaxs ushlandi. Bu haqida Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, tadbir Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan. Qo‘qon–Toshkent avtomagistral yo‘li chetidagi dala maydoniga ko‘milgan polietilen o‘ramlardagi 4 kilogramm opiy moddasi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

 

Surishtiruv davomida ushbu shaxslarning avval ham giyohvandlik jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilgani maʼlum bo‘lgan. Ulardan biri — 1997 yilda tug‘ilgan ayol, yana ikki nafari esa 1989 va 1974 yillarda tug‘ilgan erkaklar bo‘lib, ular Tojikiston va Qirg‘izistonda ham faoliyat yurituvchi transchegaraviy “narkoguruh”ga aʼzo ekani aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ushbu guruhning qolgan aʼzolarini aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика