1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qator vazirlik va tashkilotlarda 2 mingdan ortiq ish o‘rni qisqartiriladi

Eng ko‘p qisqartirishlar Soliq qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi, Qishloq xo‘jaligi va Bandlik vazirligida bo‘lmoqda.

Qator vazirlik va tashkilotlarda 2 mingdan ortiq ish o‘rni qisqartiriladi

Prezident farmoni bilan ijro hokimiyati tizimidagi 2141 ta shtat birligi qisqartiriladi. Bu haqida “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatiga raqamlashtirishni keng joriy etish hisobiga boshqaruv shtat birliklari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda so‘z boradi.

 

Unga ko‘ra, eng ko‘p qisqartirishlar Soliq qo‘mitasida (486 ta), Suv xo‘jaligi vazirligida (224 ta), Qishloq xo‘jaligi vazirligida (200 ta) va Bandlik vazirligida (163 ta) yuz beradi. Qo‘mita, agentlik hamda inspeksiyalardagi 16 ta o‘rinbosar lavozimlari tugatildi.

 

Bu avvalgi islohotlar mantiqiy davomi bo‘lib, oxirgi yillarda davlat boshqaruvini optimallashtirish bo‘yicha bir necha bor shunday choralar ko‘rilgan.

 

Xususan, 2023 yil dekabrida qator vazirlik va idoralarda 1500 dan ortiq shtat qisqartirilgan, ayrim tuzilmalar birlashtirilgandi.

 

2022 yil iyulida esa Prezident farmoni bilan 20 ga yaqin agentlik va qo‘mitalar qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan.

 

2021 yilda davlat boshqaruvidagi byurokratiyani kamaytirish maqsadida vazir o‘rinbosarlari soni cheklangan va markaziy apparatlar optimallashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика