1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoroda MIB orqali firibgardan jinoiy jarima undirildi

U fuqaroni “ishga joylashtiraman” degan vaʼda bilan salkam 20 mln pul undirgan.

Buxoroda MIB orqali firibgardan jinoiy jarima undirildi

Majburiy ijro byurosining Koson tuman bo‘limi ish yurituviga qarzdor R.U.dan 17 million 820 ming so‘m miqdoridagi jinoiy jarimani undirish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, u boshqa bir fuqaroni “ishga joylashtirib qo‘yish”ni vaʼda qilgan, ammo rejasi amalga oshmay, bu harakati oqibatida javobgarlikka tortilgan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirishkor tuman sudining 2024 yil 26 dekabrdagi qarori bilan R.U. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 28,211-moddasi bilan aybli deb topilgan hamda unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 54 baravari miqdorida jinoiy jarima tayinlangan.

 

Ijro harakatlari jarayonida qarzdorga belgilangan ixtiyoriy muddat ichida jarimani to‘lash haqida bir necha bor ogohlantirishlar berilgan. Biroq u majburiyatni bajarmagani sababli, Byuroning Koson tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borildi.

 

Natijada qarzdor belgilangan jarimani to‘liq to‘lab bergan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика