1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Hi-Tech

Dunyodagi eng qimmat brend qaysi ekanini bilasizmi?

Ma'lumotlar “Brand Finance Global 500” tahlilchilarining yillik tadqiqotida keltirilgan.

Dunyodagi eng qimmat brend qaysi ekanini bilasizmi?

 

"Apple” kompaniyasining qiymati 74% ga oshib, 516,6 milliard dollarga yetganidan so‘ng dunyodagi eng qimmat brendga aylandi.

 

Shu bilan birga, “Amazon” kompaniyasining qiymati atigi 3,2% ga o'sib, 308,9 milliard dollarni tashkil etdi. Ma'lumotlar “Brand Finance Global 500” tahlilchilarining yillik tadqiqotida keltirilgan.

 

“Apple” kompaniyasi “iPhone” savdosi ulushi barqarorlashganiga qaramay, o‘z brendi qiymatini sezilarli darajada oshirgan. Kompaniya hali ham 71% ulush bilan premium smartfonlar bozorida yetakchilik mavqeini saqlab kelmoqda.

 

Reytingda ikkinchi o‘rinda to‘rtinchi o‘rindan ko‘tarilib, o‘z qiymatini qariyb 78% ga oshirib, 340,4 milliard dollarga yetkazgan “Microsoft” brendi joylashgan. “Google” uchinchi o‘rinni egallab, o‘z qiymatini 18,5% ga oshirib, 333,4 milliard dollarga yetkazdi.

 

“Samsung” va “Walmart” kompaniyalari ancha orqada qolmoqda, boisi ularning brendlari salbiy dinamikani namoyish etdi. “Samsung” brendining qiymati 0,3% ga kamayib, 99,4 milliard dollarga, “Walmart”ning qiymati esa 15% ga tushib, 96,8 milliard dollarni tashkil etdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика