1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston / 
  4. Endi talabalarga stipendiya har oyning 5-sanasiga qadar beriladi

16:22 / 11.04.2022

1.8k

Endi talabalarga stipendiya har oyning 5-sanasiga qadar beriladi

Endi talabalarga stipendiya har oyning 5-sanasiga qadar beriladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori imzolandi.

 

7-aprel kuni “Davlat pensiyalari, nafaqalar, kompensasiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 

Unga ko‘ra, 2022 yil 1 maydan boshlab stipendiyalar har oyning 5-sanasiga qadar moliyalashtiriladi hamda pensiya va nafaqalar bilan bir vaqtda AT “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan mahallalarga yetkaziladi.

 

Shuningdek, aholini bankomatlar bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida 2022 yilning 1 oktyabriga qadar xorijdan 1 800 ta bankomat olib kelinib, ular hududlarda, shu jumladan, olis tumanlarda o‘rnatiladi.

 

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика