1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Erdo‘g‘an: G‘azoda bolalar yana tabassum qilmoqda, yordam yuk mashinalarimiz manzilga yetmoqda

Turkiya rahbari G‘azo aholisiga yordam yetkazilayotganini va mintaqada tinchlik o‘rnatish yo‘lida sa’y-harakatlar kuchaytirilayotganini ma’lum qildi.

Erdo‘g‘an: G‘azoda bolalar yana tabassum qilmoqda, yordam yuk mashinalarimiz manzilga yetmoqda

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mintaqada sodir bo‘layotgan geosiyosiy jarayonlar haqida so‘z yuritar ekan, dunyo o‘zgarishlar davriga kirganini va Turkiya chegaralari atrofida yangi dunyo tartibi shakllanayotganini ta’kidladi. Bu haqda u Trabzonda qurib bitkazilgan bir qator loyihalarning ochilish marosimida ma’lum qildi.

 

“Bizning yaqin atrofimiz tarixiy burilishlarni boshdan kechirmoqda. Mintaqamizda sodir bo‘layotgan voqealar tufayli yangi dunyo tartibi shakllanmoqda”, — dedi Erdo‘g‘an.

 

Davlat rahbari Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush to‘rt yildan beri davom etayotganini eslab, bu mojaro nafaqat mintaqada, balki butun dunyoda xavotir va beqarorlikni kuchaytirayotganini qayd etdi.

 

“Muvozanat va adolat siyosatini yuritamiz. Har ikki davlat bilan muloqotni davom ettiryapmiz. Bu urushda faqat qon savdogarlari yutmoqda, xalq esa yutqazmoqda. Turkiya to‘qnashuvni to‘xtatish uchun qo‘lidan kelganini qilishga tayyor”, — dedi Turkiya prezidenti.

 

Erdo‘g‘an, shuningdek, G‘azodagi vaziyatga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki yillik fojialardan so‘ng barqaror tinchlik sari birinchi amaliy qadam tashlandi.

 

“G‘azodagi birodarlarimiz uzoq yillar ichida ilk bor yengil nafas olishdi. Bolalar yana tabassum qilmoqda, gumanitar yordam oqimi ortdi. Oziq-ovqat va dori-darmon ortilgan yuk mashinalarimiz allaqachon G‘azoga yetib bordi”, — dedi u.

 

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish — jarayonning oxiri emas, barqaror tinchlikka tomon yo‘lning boshlanishi.

 

“Isroil imzolagan majburiyatlarini bajarishi zarur. G‘azo tezda tiklanishi kerak. Sovuq tushmasidan oldin birodarlarimiz chodirlarda qolib ketmasligi lozim”, — deya yakunladi Erdo‘g‘an.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика