1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp: “G‘azoda urush tugadi, hamma baxtli”

AQSH prezidanti G‘azo bo‘yicha sulh haqida bayonot berdi.

Tramp: “G‘azoda urush tugadi, hamma baxtli”

G‘azodagi urush tugaganidan hamma xursand. Bu haqida AQSH prezidenti Donald Tramp Air Force One bortida jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida aytib o‘tdi.

 

“Urush tugadi, tushunyapsizmi? Hamma baxtli. Biz tinchlikka erishdik, va menimcha, bu butun Yaqin Sharqdagi vaziyatni normallashtiradi”, — dedi Tramp jurnalistlarga murojaat qilib.

 

Trampning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv AQSHning faol vositachiligi natijasida amalga oshgan va u nafaqat G‘azo, balki butun mintaqadagi barqarorlik uchun muhim qadamdir.

 

Maʼlumot uchun, 11 oktyabr kuni Isroil va HAMAS o‘rtasida otashkesim haqidagi kelishuv kuchga kirdi. Unga ko‘ra, HAMAS tomonidan qamoqda saqlangan yetti nafar isroillik ozod qilindi. Evaziga Isroil 250 nafar falastinlikni ozod etishga va bir necha qurbon bo‘lganlar jasadini qaytarishga rozi bo‘ldi.

 

Mazkur kelishuvni amalga oshirishda AQSH, Misr, Qatar va Turkiya vositachi bo‘ldi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика