Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdоg‘an Rossiya rasmiylari tomonidan Donetsk va Luganskni mustaqil respublika sifatida tan olinishini qabul qilib bo‘lmas deb atadi. Ularning tan olinishi siyosiy birlik, suverenitet va hududiylikning ochiq buzilishi ekanligini ta'kidladi.
Shuningdek, u G‘arb davlatlarini Myunxen xavfsizlik sammiti samarasiz o‘tgani uchun tanqid qildi.
“Turkiya Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi davom etayotgan keskinlik haqida aniq signallar berib, sogʻlom fikrlashga va har ikki tomonni xalqaro huquqqa rioya qilishga chaqiradi. Biz ushbu inqirozda keskinlikni pasaytirishga chin dildan harakat qildik va muammoning yechimi bo'yicha o'z xabarlarimizni yo'lladik", dedi Turkiya rahbari.


