Ukraina inqirozi doirasidagi Vashington va Londonning harakatlari masalani yechishga emas, Yevroittifoqni bo‘ysundirishga qaratilgan. Yevroparlament aʼzosi, fransiyalik yevrodeputat Erve Jyuven ularning harakatini shunday baholadi.
“AQSH va Buyuk Britaniya uchun asosiy maqsad – YEIni bo‘ysundirish va biz tomonimizdan har qanday erkinlikni sindirish. Menimcha, britaniyaliklar Yevroittifoqdan o‘ch olish imkoniyatidan foydalanyapti”, — degan parlamentariy. U London hech qachon YEIdan chiqish shartlariga rozi bo‘lmaganini taʼkidlagan.
Jyuven, shuningdek, Vashington “olovga moy sepayotganini” va boshqalar qo‘li bilan urush olib borishini taʼkidladi. Uning fikricha, AQSH Rossiya tabiiy gazidan bir necha marta qimmat bo‘lgan suyultirilgan gazni Yevropaga sotmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya prezidenti Radjab Toyyib Erdog‘an Rossiya rasmiylari tomonidan Donesk va Luganskni mustaqil respublika sifatida tan olinishini qabul qilib bo‘lmas deb atagandi.
Sharofat Mahmudova


