1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Eron BMTga keskin norozilik bildirdi

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi BMT Bosh kotibiga yo‘llagan maktubida sanksiyalarni tiklash noqonuniy ekanini ta’kidladi.

Eron BMTga keskin norozilik bildirdi

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga yo‘llagan maktubida Xavfsizlik Kengashining Eronga qarshi avval bekor qilingan rezolyutsiyalarni qayta tiklash bo‘yicha tashabbuslarini keskin tanqid qildi.

 

Ma'lum qilinishicha, Aroqchi mazkur qarorlarni “noqonuniy va asossiz” deb atab, Eron 2231-rezolyutsiya bo‘yicha yadro dasturiga qo‘yilgan barcha cheklovlar butunlay bekor qilinganini eslatdi. Unga ko‘ra, Tehron bunday choralarni qayta joriy etish yoki kengaytirish bo‘yicha istalgan urinishlarni tan olmaydi.

 

Eron TIV rahbarining ta’kidlashicha, ushbu qarorlar nafaqat BMTning ishonchliligiga, balki Xavfsizlik Kengashining xalqaro nufuziga ham putur yetkazadi. U, shuningdek, mamlakat manfaatlariga zarar yetkazishga qaratilgan har qanday qadamga munosib javob berilishini bildirdi.

 

Eslatib o‘tamiz, yaqinda BMT Eronga qarshi sanksiyalarni qayta tiklagan edi. Cheklovlarga Eronning xorijdagi aktivlarini muzlatish, yadroviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga taqiq va qurol embargosining qayta joriy etilishi kiradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика