1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Isroil armiyasi G‘azoning katta qismini nazoratga oldi - OAV

Shaharning taxminan 800 ming aholisi evakuatsiya qilingan.

Isroil armiyasi G‘azoning katta qismini nazoratga oldi - OAV

Isroil mudofaa kuchlari (IDF) G‘azo shahrining sezilarli qismini o‘z nazorati ostiga olgani haqida The Jerusalem Post nashri xabar berdi.

 

Manbaga ko‘ra, so‘nggi kunlarda IDF har kecha 140 dan ortiq nishonga zarba bergan, natijada shaharning taxminan 800 ming aholisi evakuatsiya qilingan.

 

Rasmiy ma’lumotlarda qayd etilishicha, An-Nadi, Shayx Ajlin, Zaytun, Shujayya va Tuffa hududlari Isroil armiyasi tomonidan egallangan.

 

Shu bilan birga, Isroil qo‘shinlari hali G‘azo shahrining markaziy qismi — Al-Rimal mahallasi ustidan nazorat o‘rnatmagan. Bu hududda banklar, davlat muassasalari, universitetlar, media markazlari va XAMASning yuqori martabali amaldorlari joylashgani aytilmoqda.

 

Shuningdek, Eski shahar hamon XAMAS nazorati ostida bo‘lib, guruh a’zolari tarixiy binolardan foydalanayotgani qayd etilmoqda. IDF rejalari orasida Ash-Shati qochqinlar lageri ustidan nazoratni qo‘lga olish ham borligi ta’kidlanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика